Assalomu alaykum. Avvalambor mazali ovqatlar uchun rahmat. Ammo ayni tushlik vaqtida xizmat darajasi o'zimning shaxsiy fikrim bo'yicha - 0 darajaga tushib ketdi. Bugun oz'imda bo'lgan holat 3 ta sherigim 3 xil ovqat buyurtma qilishdi (cho'poncha, grecheskiy salad va grechka, qaynatma sho'rva) va men bivshteks, ammo uchala sherigim deyarli yeb bo'lishgandi o'zim joyimdan turib borib bizga xizmat qilayotgan ofitsiantga borib qachon olib kelishini so'radim. Asabim (tabitan juda jahldorman) esa eng yuqori cho'qqiga chiqib bo'lgandi. Ana endi faraz qiling shunaqa asab buzilgandan keyin menda qanday qilib ovqat hazm qilish tizimi yaxshi ishlasin, endi men sheriklarim kutib qolmasligi uchun tezroq yeyishim kerak!!! Nega men shu yega tushlikka chiqaman, sababi ofisimiz yonida, ovqatlari va sharoiti yaxshi (aslida kirishdagi qo'l yuvadigan rokovinani olib tashlagan bo'lsa ham). Lekin yana qaytaraman tushlik vaqtida xizmat jua-juda yomon bo'lib qolgan. Kecha o'z ko'zim bilan ko'rib qulog'im bilan eshitdim ikkita stoldan oshkora xizmatga norozilik bildirishdi. Shuning uchun mening rahbariytga taklifim tushlik vaqtidagi xizmatni yaxshilash haqida ozgina bosh qotirish kerak. Bu mening taklifim xolos. Men o'z muammomni osongina hal qilish mumkin. Uydan o'zim bilan biror yegulik olib kelish yoki ozgina piyoda yursam ham boshqa joyga borib tushlik qilish. Xudo hohlasa menedjerlar va rahbariyat bu tanqidni to'g'ri qabul qiladi deb o'ylayman. Oldindan to'g'ri qabul qilganlaringiz uchun katta rahmat! Bizneslaringizda xudo...
Read more